35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI
янв.21
Aholi muammolarini mahalliy Kengashlar va “mahalla yettiligi” hamkorlikda o‘rganadi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR VA QURILISH SOHASI MUTAXASSISLARI HAMKORLIGI
янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim L.Karimova faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatga muhtoj aholi qatlamlarini, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yakka-yolg‘iz keksalar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi. Jumladan, ijtimoiy xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan fuqarolar ro‘yxati, ularning ehtiyojlarini aniqlash, manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, uy sharoitida parvarish qilish, tibbiy muassasalarga murojaat etishda amaliy ko‘mak berish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy nafaqa va kompensatsiyalar rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifati, murojaatlarga munosabat bildirish tezkorligi, har bir fuqaro bilan individual ishlash tizimi ham tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlarning qamrovi va sifatini yaxshilash, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1