35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

 2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 30-Yangiobod saylov okrugi deputati Sulaymonova Xilola Baxtiyorovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:

🔹 Yangiobod mahallasi:

✅ Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1 ta suv inshooti qurish;

✅ Elektr ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 20 dona beton elektr ustuni o‘rnatish.

🔹 Gumbaz mahallasi:

✅ 10 dona beton elektr ustuni o‘rnatish;

✅ Quruvchi ko‘chasining 1 km qismini asfaltlashtirish.

🤝 Mazkur takliflar ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash orqali aholining turmush sifatini oshirish va hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.