2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 27-Sinchi saylov okrugi deputati Turdiyev Xayrullo Jumayevich tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Sinchi mahallasi:
✅ 40-son umumta’lim maktabi binosini ta’mirlash;
✅ 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun yangi loyiha asosida zamonaviy bino qurish.
🔹 Beshbola mahallasi:
✅ Sinchi, Beshbola va Qorag‘uppa mahallalarini bog‘lovchi 3 kilometr avtomobil yo‘lini asfaltlashtirish.
🤝 Mazkur takliflar ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish hamda mahallalararo transport qatnovini yaxshilash orqali aholi turmush sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.