2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 24-Chortut saylov okrugi deputati Bozorova Gulmira Baxodirovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Balxiyon mahallasi:
✅ 52-maktab ko‘chasini asfaltlashtirish;
✅ Zaxro Yulduz ko‘chasi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv inshooti o‘rnatish.
Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 200 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
🔹 Chortut mahallasi:
✅ 15-oilaviy poliklinika binosini ta’mirlash;
✅ Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida poliklinikaning moddiy-texnik bazasini yangilash hamda eskirgan tibbiy jihozlarni zamonaviy uskunalar bilan almashtirish.