2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 19-Q. Turayev saylov okrugi deputati Xaliqulova Gulbaxor Amirqulovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Lolazor mahallasi:
✅ Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) qurish;
✅ 27-son umumta’lim maktabi binosini kapital ta’mirlash;
✅ Quruvchi-1, Quruvchi-2, Zulfiqor va O‘n ikki ko‘chalarini asfaltlashtirish;
✅ Mang‘itlar sulolasi va Yangiobod ko‘chalarini shag‘allashtirish.
🔹 Baxshiboyi mahallasi:
✅ Baxshiboyi va Moviy bo‘ston ko‘chalarining 2 kilometr qismini asfaltlashtirish;
✅ El tinchligi va Otchopar ko‘chalariga 150 dona beton elektr ustuni o‘rnatish.