Fuqaro murojaati deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 13-okrug deputati Asiya Kudayberganova tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
✨O‘rganishda soliq xodimi ham ishtirok etib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berildi.
✨Shuningdek, murojaatda bayon etilgan masalani qonuniy hal etildi.
✨Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.