#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Alibekov tomonidan Fidokor mahallasi fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda mahalla hayotiga oid dolzarb masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|