Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

#162_ta_qonun
#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#xodim_faoliyati

Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19–Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev "Oqjar" mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda "Yoshlar daftari" bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘ining tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va "Yoshlar daftari" bilan ishlash yo‘nalishlarida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan ham nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentyabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borildi. Jarayonda qonun talablarining amaliy ijrosi, yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, "Yoshlar daftari" bilan ishlash holati hamda davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas'ullar bilan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2