Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala hamda qonun ijrosi o'rganildi

#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Sessiya_kun_tartibidagi_masala_organish
#Savolnoma_asosida_organish

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala hamda qonun ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat, 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi "Xalqobod" mahallasida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan joylardagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–407-son, 2016-yil 16-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazilib, qonun talablarining amaliy ijrosi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2