Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
Mahallada ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida ko‘cha aylanish va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla aholisi bilan uchrashib, hududdagi mavjud infratuzilma holati hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv chog‘ida Saxovat ko‘chasi aholisi tomonidan ko‘chani zamonaviy tungi yoritish tizimlari bilan jihozlash masalasi ko‘tarildi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ko‘cha yoritilishining yetarli emasligi tungi vaqtda harakat xavfsizligi va aholi uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Deputat tomonidan mazkur murojaat joyida o‘rganilib, muammoni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3