Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
KENGASH QARORI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-23-29-11-168-K/26-sonli qarori bilan 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar tasdiqlangan.

Mazkur qarorga muvofiq, Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Ayni paytda ushbu qaror ijrosi hamda qurilish-montaj ishlarining borishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli hudud deputati S.Jurayeva tomonidan doimiy deputatlik nazoratiga olingan.

Nazorat tadbiri davomida amalga oshirilayotgan ishlarning Kengash qarorida belgilangan vazifalarga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala mas'ul tashkilotlar bilan muhokamalar olib borildi.

Ta'kidlanganidek, jamoatchilik tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar aholi manfaatlariga xizmat qilishi, ularning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ijrosini ta'minlash, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3