Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat J.Jabbarovning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki yo‘l infratuzilmasining holati atroflicha ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmurotov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ichki yo‘llar holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish belgilandi.

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 5