Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi joylarda o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Shovot tumani bo‘limi axboroti yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Matlubo Nurjanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova Arbob mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi”ning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini o‘rgandilar.
Monitoring davomida Xalq qabulxonasi tomonidan Kengashga taqdim etilgan axborotning amaldagi holati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek, mahalla darajasida kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni hamda ularning yechimi atroflicha tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan sessiyaga kiritilayotgan axborot va hisobotlarning haqqoniyligi hamda joylardagi ijrosi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2