Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Bunyodkor MFYdagi 11-son “Paxtakor” madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 11-son “Paxtakor” madaniyat markazining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida madaniyat markazida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza, jumladan cholg‘u asboblarining yetarliligi, saqlanish holati va ulardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, markaz faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, madaniyat markazining moddiy-texnik imkoniyatlarini yanada mustahkamlash, aholi va yoshlarning madaniy ehtiyojlarini qondirish hamda ijodiy faoliyat uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar hududdan saylangan deputat D. Adizova nazoratiga olinib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash ishlari mas’ul mutaxassis I. Ikromov tomonidan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3