Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun

Bandixon mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani
Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo'ldoshevga biriktirilgan kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumandagi “Bektepa'” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1