Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
"Og‘ir" mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlarining bajarilishi deputat nazoratida
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
ICHKI KO‘CHALARNI OBOD ETISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIKDA HUQUQIY TARG‘IBOT O‘TKAZILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.
янв.21
Kengash qarori: Inklyuziv maktablar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — USTUVOR VAZIFA
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida deputatlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlarining 2026-yil may oyi yakunlari bo‘yicha reyting natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Tahlillar davomida ayrim deputatlarning faollik ko‘rsatkichlari belgilangan mezonlar darajasida emasligi qayd etilib, xususan, eng past reyting ballarini qayd etgan deputatlar J.Otajonov, A.Berdiqulov va A.Egamberdiyevlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Muloqot chog‘ida mazkur deputatlar bilan manzilli ishlash, aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, fuqarolar e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalarni chuqur o‘rganish, joylardagi uchrashuvlar va qabullar samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish orqali aholi ishonchini mustahkamlash muhim vazifa ekani qayd etildi.
O‘rganish yakunida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan muloqotni yana-da faollashtirish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2