Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Yunusov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov tomonidan Shahar Moliya bo‘limida "Open Budget" ("Ochiq budjet") loyihasining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida deputat E.Yunusovga biriktirilgan tashkilot Shahar Moliya bo‘limi bilan hamkorlikda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, budjet ijrosini ta’minlash hamda moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻrganish davomida deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar tinglanib, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida deputatlar va mas’ul xodimlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar. Bu kabi o‘rganishlar budjet mablag‘larining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3