Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

"Yashil tamoyil" asosida quyosh panellarini o‘rnatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari N.Nazarova va M.Mamatqobilov tomonidan "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan shaharda "yashil tamoyil" asosida 2 ta mahalladagi 20 ta xonadonda namunaviy tarzda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur loyiha doirasida quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash, xonadonlar ro‘yxatini qisqa muddatlarda yakunlash hamda loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1