Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abduraxmonov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida Mustaqillik mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_xodimi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abduraxmonov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida Mustaqillik mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, dolzarb masalalarni qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2