Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash va "Madad" NNT hamkorligi davom etadi

Kengash va "Madad" NNT hamkorligi davom etadi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari N.Alimov va Ch.Alimov tumanda faoliyat yuritayotgan “Madad” NNT Huquqiy xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassisi X.Norpo‘latov bilan hamkorlikda fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni tashkil etdilar.

Qabul davomida, ayniqsa, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda huquqiy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan pensiya ta’minoti, oilaviy-huquqiy munosabatlar, moddiy yordam, bandlik, aliment, meros, uy-joy va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalarga oid bo‘ldi.

Shuningdek qabul davomida yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar bo'yicha tushuntirishlar ham olib borildi.

Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5