Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Ta’lim sifati va qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Ta’lim sifati va qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

📚 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va natijalarini muhokama qilish masalasi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–637-son, 2020-yil 23-sentabr) ijrosini o‘rganish maqsadida tayyorlangan savolnoma asosida mas’ul xodimlarning axboroti tinglanib, qonun talablarining ijrosi, ta’lim sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish davomida qonunning mazmun-mohiyati, ta’lim sohasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan mas’ullarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan joylardagi o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3