Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limida doimiy komissiyaning ish rejasiga asosan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ajratilgan byudjet mablag‘larining qonunchilik talablariga muvofiq sarflanishi, davlat xaridlarini tashkil etish jarayonlari, moliyaviy intizom va mablag‘lardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Qonun davlat xaridlarini ochiqlik, shaffoflik, raqobat, xolislik va samaradorlik tamoyillari asosida tashkil etishni, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni hamda korrupsion holatlarning oldini olishni nazarda tutadi. Shuningdek, davlat buyurtmachilarining huquq va majburiyatlari, xarid tartib-taomillari hamda xarid jarayonlari ustidan nazorat mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida davlat xaridlari sohasida amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya etish, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7