Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati xodimlari Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi, shuningdek, shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining 2026-yil hisobot davrida maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar, davlat dasturlari hamda ijtimoiy himoya sohasiga oid topshiriqlarning ijro holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, qonun hujjatlari ijrosini kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan aniq tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, Kengash qarorlari va davlat dasturlari ijrosini o‘rganish, ularning samaradorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 6