Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

 OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati M.Raximov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar
tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 14-son Oilaviy
poliklinika faoliyati o‘rganildi.


Mazkur tibbiyot muassasasida bugungi kunda 48 nafar tibbiyot xizmati xodimlari
hududda istiqomat qiluvchi 12 ming 150 nafar aholiga birlamchi
tibbiy-sanitariya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.


O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati,
dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, tibbiy jihozlardan
foydalanish samaradorligi hamda muassasada yaratilgan shart-sharoitlar
atroflicha tahlil qilindi.


Shuningdek, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati, aholi murojaatlarini
ko‘rib chiqish amaliyoti va xizmat ko‘rsatish madaniyati masalalariga ham
alohida e’tibor qaratildi.


O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib,
ularning tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va
murojaatlari tinglandi.


O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada
oshirish, profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli
vazifalar belgilab olindi.


Aniqlangan kamchiliklar esa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5