Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
IJTIMOIY XIZMATLAR SOHASIDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 IJTIMOIY XIZMATLAR SOHASIDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov tuman Kengashi
doimiy komissiyalari kesimida o‘ziga biriktirilgan
tuman “Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, muassasa xodimlari bilan uchrashuv
o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov ham
ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul
qilingan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa
ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi
Qonunining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan asosiy vazifalar
yuzasidan markaz xodimlariga atroflicha tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, qonun talablaridan kelib chiqib, keksalar, nogironligi bo‘lgan
shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga sifatli, manzilli hamda o‘z
vaqtida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama
qilindi.


Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, qonun
ijrosini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash
yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3