Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-Chekmirzaobod saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov hududlarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📋 Xususan, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 5-iyundagi VII-23-40-11-152-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–49-son qarori 13-bandi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏠 Mazkur qarorga muvofiq, "Ijtimoiy reyestr"da ro‘yxatda turuvchi I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 5 ta oilaning xonadonlarini energiya tejamkor holatga keltirish uchun Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

⚡️ Ajratilgan mablag‘lar hisobidan xonadonlarda devor va tom qismlarini issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplash, energiya tejamkor eshik va derazalarni o‘rnatish hamda quyosh energiyasi qurilmalarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 ta xonadonda olib borilayotgan energiya tejamkorlik ishlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va qurilish-montaj ishlarining borishi joyida ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3