Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Qizilquyosh oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagaeva tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A.Abievning hisoboti yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Mazkur o‘rganishlar tumandagi Oltinsoy mahallasida joylashgan Qizilquyosh oilaviy shifokorlik punktida tashkil etildi. O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

💬Shuningdek, oilaviy shifokorlik punktiga biriktirilgan aholi soni, profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklar profilaktikasi, patronaj xizmatlari hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish holati yuzasidan mas’ullar bilan muloqotlar o‘tkazildi.

📍Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚡️Mazkur o‘rganish natijalari tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A.Abievning navbatdagi sessiyada taqdim etiladigan hisobotini har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3