Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, deputat K.Karimova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 6-bandida belgilangan Boyovut tumani “Uchturg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 5-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur ta’lim muassasasi 424 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda obyektda pudratchi tashkilot — “Guliston Qo‘rg‘on Baraka Qurilish Montaj” MCHJ tomonidan kapital ta’mirlash ishlari belgilangan loyiha-smeta hujjatlari asosida olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Pudratchi tashkilot vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlarini joriy yilning 5-oktyabr sanasiga qadar yakunlab, obyektni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 8