Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Xakimov

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Xakimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarori ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Kattaqo‘rg‘on shahar Oilaviy poliklinikasi hududida joylashgan, qurilishi tugallanmagan bino holati ko‘zdan kechirilib, undagi qurilish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan:
✅ Qurilishi tugallanmagan binoni belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish;
✅ Binoni zamonaviy tibbiy va ma’muriy jihozlar bilan ta’minlash;
✅ Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.

Mazkur obyekt foydalanishga topshirilishi orqali hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilanishi, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 6