Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
22-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Chashma MFY raisi, mahalla faollari, nuroniylar, ota-onalar, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularning muvaffaqiyatlari ortida ustozlar mehnati, ota-onalar e’tibori va o‘zlarining tinimsiz intilishlari mujassam ekanligini ta’kidladilar.

Ayniqsa, oltin medal bilan taqdirlangan o‘quvchilarning yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi ta’lim va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Deputat Zafar Qobilov o‘z tabrik so‘zida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishlari muhim ekanligini qayd etdi.


Tadbir davomida faol o‘quvchilar va ularning ustozlariga ehtirom ko‘rsatilib, bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirildi.

Yoshlarimizning har bir yutug‘i — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir!

Slide 1 of 4