Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Chilonzorda chiqindi tashuvchi avtomashinalar aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich sayyor qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammo yuzasidan deputat so‘rovi chiqardi.

“Kichik Xirmontepa” mahallasidagi 61 va 62-sonli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “MAX QUR LIDER” boshqaruv servis kompaniyasi hududida chiqindi tashuvchi avtomashinalarning doimiy joylashtirilishi aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Fuqarolarning ta’kidlashicha, yozgi issiq kunlarda tarqalayotgan noxush hidlar hamda hasharotlar ko‘payishi yashovchilarga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, holatni sanitariya talablari asosida o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora ko‘rish talab etildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlarda sog‘lom yashash muhitini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.