Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

 DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

💠 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Ja’farova Nilufar Jaxongirovna tomonidan yuborilgan 221-ds-383-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan Urgut tumani hokimligi tomonidan javob taqdim etildi.

➡️ Mazkur so‘rov Urgut tumani “Mazortepa” mahallasida yashovchi fuqaroning hududda amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bilan bog‘liq murojaati asosida yuborilgan.

➡️ Murojaat tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, qurilish ishlari amaldagi qonunchilik, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari hamda vakolatli tashkilotlarning tegishli xulosa va kelishuvlari asosida olib borilayotgani ma’lum qilindi.

⚡️ Shuningdek, o‘rganish natijasida murojaatda ko‘rsatilgan hudud Urgut shahrining bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasiga muvofiq ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi rejalashtirilgan hudud tarkibiga kiritilganligi aniqlangan.

✍️ Murojaat muallifiga qonunchilikda belgilangan tartibda tushuntirish berilgan hamda qabul qilingan qarorlardan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi bildirilgan.

🏗 Hududlarda qurilish ishlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish masalasi doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 1