Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonov, “Ozodlik” MFY raisi N.Asqarov hamda murojaat muallifi P.Tursunova ishtirokida murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatda mahalla hududida foydalanilmasdan bo‘sh turgan binoni mahalla balansiga o‘tkazish hamda uni mahalla idorasi sifatida foydalanish uchun amaliy yordam so‘ralgan.

O‘rganish jarayonida mazkur bino hozirda Ichki ishlar organlari balansida ekanligi sababli, ularning yozma roziligi asosida hamda shahar hokimligi bilan kelishilgan holda balansdan balansga o‘tkazish masalasi amaldagi qonunchilik tartibida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, masalani ko‘rib chiqish yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligiga aloqa xati kiritilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va qonuniy yechim topish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 3