Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
XAFTALIK ISH REJASI E’LON QILINDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 4–9-may kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi tasdiqlandi va ijro uchun qabul qilindi.

Mazkur ish rejasiga muvofiq, hafta davomida Kengash va uning kotibiyati tomonidan quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish belgilangan:

Xalq deputatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek o‘tkazilayotgan fuqarolar qabullari jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tizimli hamda keng yoritib borish;

Fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni amaldagi tartib asosida chuqur o‘rganish, ularning qonuniy va asosli yechimini ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rish;

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish hamda puxta tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 19-sessiyasini yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek uni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda keng yoritish;

Hududiy saylov okruglarida deputatlar ishtirokida joylarga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish, aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish;

Yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini eshitish hamda tegishli qarorlar qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar, xususan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlar ijrosini joylarda o‘rganish va monitoring qilish.

Belgilangan ish rejasiga asosan barcha tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi faoliyatiga oid yangiliklarni kuzatib borishda davom eting.

Slide 1 of 2