Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati Tabassumxon Isroilova tomonidan Andijon shahar “Barkamol” MFY hududida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari tizimli ravishda nazorat qilinmoqda.

 Mazkur hududda olib borilayotgan ishlar aniq reja va belgilangan vazifalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan kompleks choralar izchil davom etmoqda.

Xususan, ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida hududga mos manzarali daraxt va butalar, rang-barang gul ko‘chatlari ekilib, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda estetik muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlari tartibga keltirilib, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Deputat tomonidan barcha jarayonlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda, bajarilayotgan ishlarning sifati, muddati va samaradorligi ustidan doimiy monitoring olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari hudud aholisining turmush darajasini oshirish, zamonaviy infratuzilmaga ega qulay yashash muhitini yaratish hamda mahallaning ijtimoiy qiyofasini tubdan yangilashga xizmat qilmoqda.

Natijada “Barkamol” MFY qisqa fursatlarda obod, zamonaviy va namunali hududlardan biriga aylanish sari izchil qadam tashlamoqda.

Slide 1 of 4