Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
1 IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

1 IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi barcha bolajonlarimizni, aziz ota-onalarni hamda farzandlar tarbiyasiga daxldor bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

🙂 Bolalar — mamlakatimiz kelajagi, xalqimiz umidi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Shu bois mamlakatimizda har bir bolaning huquq va manfaatlarini ta’minlash, sifatli ta’lim olishi, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, munosib ta’lim va tarbiya olishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

📍Samarqand viloyatida ham yosh avlodning bilim olishi, ma’naviy kamoloti, sport va san’at bilan shug‘ullanishi hamda o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa ertangi kun egalari bo‘lgan farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

📌Aziz bolajonlar!
🌈 Sizlarning kulgingiz, orzu-umidlaringiz va muvaffaqiyatlaringiz mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim kafolatidir.
☀️Barchangizga mustahkam sog‘liq, beg‘ubor bolalik, baxtli hayot va katta orzu-maqsadlaringizga yetishishingizni tilaymiz!
📣Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi

Slide 1 of 1