Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G.Ismailova tashabbusi bilan “Kitobxon mahallaga aylantiramiz” shiori ostida keng ko‘lamli aksiya tashkil etildi.

Mazkur aksiya aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mahalla kutubxonalarini zamonaviy va mazmunli adabiyotlar bilan boyitish hamda kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirishga qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida kitobning o‘rni beqiyos ekanini inobatga olgan holda, ushbu tashabbus katta ahamiyat kasb etmoqda.

Aksiya doirasida axborot-kutubxona markaziga kutubxonachilar, faol kitobxonlar hamda keng jamoatchilik tomonidan mingdan ortiq turli yo‘nalishdagi kitoblar keltirildi. Ular orasida badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar adabiyoti va o‘quv qo‘llanmalar alohida o‘rin egallaydi.

To‘plangan kitoblar viloyat bo‘ylab o‘z hududida kutubxona yoki kitob burchagi tashkil etgan mahallalarga beg‘araz sovg‘a sifatida topshirilmoqda. Bu esa mahallalarda ma’naviy muhitni yanada boyitish, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Marafonning dastlabki bosqichida Andijon shahridagi “Barkamol” MFY, Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi “Omonariq” MFY hamda Andijon tumanidagi “Teraktagi” MFY kutubxonalariga kitoblar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu maskanlarda yangi kitoblar fondi shakllanib, kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Aksiya va kitoblar marafoni izchil davom etadi. Barcha fuqarolarni ushbu xayrli ishga befarq bo‘lmasdan, o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz. Agar siz ham kitob hadya qilish orqali mahallalarda kitobxonlikni rivojlantirishni istasangiz, Bobur nomidagi axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring — sizning hissangiz kelajak avlod uchun muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 3