Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Kengash_faoliyati
📈 🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

🗣Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlarning doimiy nazoratida turibdi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev “Birdamlik‘” mahallasida bo‘ldi.

⏺Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

💬 Xususan, quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli va samarali sarflanishi;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonbay sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev har bir ajratilayotgan kredit va subsidiyaning aniq natijadorligiga e’tibor qaratish, mahalla drayveridan kelib chiqib yangi tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hokim yordamchisiga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Slide 1 of 1