Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2026-yil 13-maydagi farmoyishi asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov tomonidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

📝 Jarayonda Kengash va kotibiyat faoliyatini tashkil etish, deputatlar bilan ishlash tizimi, deputatlik so‘rovlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, doimiy komissiyalar faoliyati, sessiyalarni tashkil etish hamda hujjatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📝 Shuningdek, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, deputatlik so‘rovlarining natijadorligini oshirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan o‘rganish va nazorat tadbirlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Amaliy-uslubiy yordam davomida kotibiyatda ish yuritish, mehnat intizomi, xizmat etikasi, elektron tizimlardan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda Kengash faoliyatini keng yoritish hamda Senat va amaldagi qonunchilik hujjatlari talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

📁 Shu bilan birga, deputatlarning 24 ta eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlarda muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borishi, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishi, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirishi hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy natijadorlikka erishishi lozimligi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, Kengash va kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik korpusi faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1