Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa
#deputat_so'rovi


🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qaror bilan tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, asfalt qoplamasi yotqizish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanganligi qayd etilgan.

📊 Mazkur qaror ijrosining amaldagi holatini o‘rganish hamda doimiy komissiya tomonidan tahlil qilish maqsadida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etilishi so'ralmoqda:

✍️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qarori ilovasida ko‘rsatilgan manzillar kesimida bugungi kunga qadar qaysi obyektlarda ishlar to‘liq yakunlanganligi haqida;

✍️ qaror ilovasida nazarda tutilgan manzillar bo‘yicha belgilangan ishlardan qancha qismi bajarilganligi hamda amalda asfalt qoplamasi yotqizilgan maydonlar haqida;

✍️ qaror ilovasida ko‘rsatilgan manzillardan qaysilarida ishlar davom etayotganligi hamda ularning bugungi kundagi bajarilish holati to‘g‘risida;

✍️ mazkur qarorning ilovasida nazarda tutilgan manzillardan qaysilarida ishlar hali boshlanmaganligi va buning sabablari haqida;

✍️ qolgan manzillarda ishlarni yakunlash bo‘yicha belgilangan muddatlar hamda mas’ul tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3