Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDDA INFRASTRUKTURA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TOʻGʻRISIDAGI QONUN IJROSI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DAVLAT TILI QONUNI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH VA MONITORING ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Bog‘ot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar rejasida belgilangan loyihalar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Tuman sport maktabida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov tomonidan Fayziobod mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida deputat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar hamda ularning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda joylardagi mavjud muammolarni hal etishda deputatlik nazoratining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Deputat bunday uchrashuvlar aholining kayfiyati, muammolari va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tadbir yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi deputatlik faoliyatida
alohida e’tiborga olinishi qayd etildi.
 

   

Slide 1 of 4