Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O.Yo‘doshova hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan Royat mahallasi aholisi ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Xususan:
Fuqarolarga tug‘ilganlik, nikoh va o‘limni qayd etish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda subsidiya va ijtimoiy yordam olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Ayrim fuqarolar tomonidan uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini olish va meros masalalariga oid murojaatlar bildirildi.
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar olish va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va ko‘cha yoritgichlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar tinglandi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan xizmatlardan elektron tarzda foydalanish, my.gov.uz portali imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish muddatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2