Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Fuqaro murojaati deputatlar va “Madad” NNT hamkorligida tahlil qilindi

Termiz shahar “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Choriyeva o‘zining uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirishda turli qiyinchilik va muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaatni joyiga chiqqan holda, atroflicha va sifatli o‘rganish maqsadida viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashi deputati I.Tangirov hamda “Madad” NNTning Termiz shahar vakili M.Xasanovlar fuqaro xonadoniga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida fuqaro Sh.Choriyevaning uy-joy hujjatlari bilan bog‘liq mavjud muammolari huquqiy jihatdan tahlil qilindi. “Madad” NNT vakili va deputatlar tomonidan fuqaroga qonuniy yechimlar tushuntirilib, hujjatlarni rasmiylashtirish tartib-tamoyillari bo‘yicha bepul huquqiy maslahat va yo‘nalishlar (tavsiyalar) berildi.

"Madad" NNT bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday hamkorlik aholining huquqiy savodxonligini oshirish va chalkash muammolarga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.

Slide 1 of 2