Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Yoshlar muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash masalasi sessiyada muhokama qilindi

Hisobotda ta’kidlanganidek, shaharda aniqlangan 439 nafar ishsiz yoshning 398 nafari yoki 94,8 foizining bandligi ta’minlangan. Jumladan, yoshlar doimiy ishga joylashtirildi, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashildi, kasb-hunarga yo‘naltirildi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash natijasida yuzlab yoshlar sog‘lom turmush tarziga qaytarilib, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan sport va intellektual musobaqalarda 55 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olinib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iste’dodlarini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Muhokamalar davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaygani, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va “Yoshlar daftari” orqali qo‘llab-quvvatlash ishlari natijadorligi alohida qayd etildi.

 Sessiya yakunida yoshlar bandligini yanada oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.