Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI HAMDA FUQAROLAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA'MINLASH HOLATI O'RGANILDI.
янв.21
MAHALLA YETTILIGINING AHOLI BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq vakili efirda: aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O'RGANILDI
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI VA MAVJUD SHAROITLAR KO'ZDAN KECHIRILDI.
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan deputatlik faoliyati doirasida saylov okrugidagida kambagʻallikni qisqartirish dasturining ijrosi yuzasidan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning bandlik holati, daromad manbalari, oilaviy sharoiti hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.

Suhbatlar jarayonida ayrim fuqarolar o‘z tadbirkorligini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish istagini bildirdilar. Shu munosabat bilan ularga tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar, kredit mablag‘lari, subsidiya va davlat dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan zarur choralar belgilab olindi.

Deputat Sh.Madaminova tomonidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3