Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O'RGANILDI
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI VA MAVJUD SHAROITLAR KO'ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O'RGANILDI VA TAHLIL QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O'RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
Deputatlik nazorati: yoshlar bilan ishlash va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Bogʻot tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI ICHKI YOʻLLAR HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
Ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi holati o‘rganildi.
SamISIda deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.

 Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olish, o‘z ustida ishlash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

 Deputat yoshlarni bilim olishdan to‘xtamaslikka, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga chaqirdi.

 Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning fikr-mulohazalari hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

 Yoshlar bilan bunday uchrashuvlar ularning huquqiy ongi va fuqarolik faolligini oshirish, davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1