Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O'RGANILDI
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI VA MAVJUD SHAROITLAR KO'ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O'RGANILDI VA TAHLIL QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O'RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
Deputatlik nazorati: yoshlar bilan ishlash va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Bogʻot tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI ICHKI YOʻLLAR HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
Ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi holati o‘rganildi.
Deputat narx-navolar va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahallasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan ham tanishdi.

Deputat hududdagi go‘sht savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo nuqtasida bo‘lib, narx-navolar holatini o‘rgandi hamda xaridorlar va fuqarolarning fikr-mulohazalarini tingladi.

Shuningdek, mahalladagi tikuvchilik sexi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. U yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan ish sharoitlari, bandlik masalalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Sex rahbari bilan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2