Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
Deputatlik nazorati: yoshlar bilan ishlash va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Bogʻot tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI ICHKI YOʻLLAR HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
Ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy muhit va aholi bilan munosabatlar o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Deputat so‘rovi natijasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda

Deputat so‘rovi natijasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Xasanov Abdujalil Abdug‘aparovich tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga kiritilgan deputatlik so‘rovi natijasida "Ahil" mahalla fuqarolar yig‘inining Qizg‘aldoq ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi.

Mazkur ko‘chada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, qurilish sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechim topayotgani mahallada yashovchi aholining mamnunligiga sabab bo‘lmoqda. Kelgusida ham hudud infratuzilmasini rivojlantirish va aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3