Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

📇 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda tasdiqlangan reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumanida ochiq muloqot tashkil etildi.

📁 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Shokirova Durdona Bahodir qizi hamda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Lola Murotova ishtirok etib, Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar bilan uchrashdi.

💬 Ochiq muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni hududlardagi muammolarni aniqlash va hal etish jarayonlariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda “Yoshlar va deputat” shaklidagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etishning ahamiyati ta’kidlandi.

🔺 Tadbirda tasdiqlangan reja-grafikda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ham fikr almashilib, yoshlar bandligini ta’minlash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sport, madaniyat va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi loyihalarni kengaytirish, yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🗣 Muloqot jarayonida faol yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, mavjud muammolarni hal etishda deputatlar, davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

🔎 Yakunda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda reja-grafikda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3