Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Q.Nurmatov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, 2025-yil davomida tumanda 17 ming 264 ta yangi ish o‘rni yaratilib, dastur ijrosi 102 foizga bajarilgan. Shundan 5 ming 369 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan bo‘lsa, 6 ming 783 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi sohasida bandligi ta’minlangan.

Shuningdek, tumanda umumiy qiymati 104,8 million dollarlik 6 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda 410 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Sessiyada “Odiljon agro life” MCHJ tomonidan 31 million dollarlik mineral o‘g‘it ishlab chiqarish va paxtani qayta ishlash loyihasi, “Jizzax organik” MCHJning 14 million dollarlik go‘sht yetishtirish va qayta ishlash loyihasi hamda “Nath bio-genes ca” MCHJ tomonidan 14,8 million dollarlik urug‘chilik klasteri loyihalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Oqar” mahallasidagi 10 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun 2,4 milliard so‘m, “Shodlik” mahallasida yangi maktab qurilishi uchun esa 12,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani qayd etildi.

Slide 1 of 1